Торч инфекциями даволаш усуллари

Ma`lumotlar soni: 154
Xabarlar soni: 6
Bugun: 11.4.2020
Soat: 11:18

Muallif: Xaitova L.M.

Qo`shilgan sana: 2016-12-20

TORCH-infeksiyalari,yuqish yullari,asoratlari va ularning oldini olish.


Keyingi 10-15 yillarda barcha mamlakatlarda jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infeksiyalar bilan og‘rigan bemorlar soni oshib bormoqda.
Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infeksiyalarning “Yangi avlodlar”i bo‘lgan TORCH-infeksiyalar bilan og‘rigan bemorlar sonining oshib borishi ko‘pchilik mutaxasislarni hovotirga solib qo‘ymoqda.Chunki bu “Yangi avlod” infeksiyalari ko‘pincha kam simptomli yoki simptomsiz kechadi.O‘z vaqtida ularga qarshi davo choralari o‘tkazilmaydi yoki davolash to‘liq bo‘lmaydi.Buning oqibatida jinsiy a’zolarning reproduktiv funksiyasida turli xil kasalliklar,homiladorlikni patologik kechishi,hamda bemor ayoldan tug‘ilgan bolalarda har xil kasalliklar kuzatiladi.Afsuski,bunday xollar yil sayin oshib bormoqda va bu nafaqat tibbiyot, balki ijtimoiy muammolarga aylandi. Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infeksiyalarni diagnostika profilaktika qilish va ularga qarshi kurashni tashkil etishda faqatgina dermatovenerologiya ma’sul bo‘lib qolmay , balkim barcha tibbiyotning boshqa soha mutaxasislari: urolog,akusher-ginekolog,umumiy amaliyot shifokorlari ham bu jarayonda faol ishtirok etishlari zarur.Bundan tashqari yosh avlodni barkamol,ahloqiy va jinsiy tomondan to‘g‘ri tarbiyalashda maorif, mahalla va boshqa jamoa tashkilotlarning ham ahamiyati katta. Hozir TORCH-infeksiyalarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
TORCH –so‘zi infeksiyalarning ingliz tilidagi birinchi harfidan olingan so‘z bo‘lib quyidagilarni anglatadi :
- T — toksoplazmoz (toxoplasmosis),
- O — boshqa infeksiyalar (others),
- R — qizilcha (rubella),
- S — sitomegalovirus (cytomegalovirus),
- H — gerpes (herpes simplex virus).
Toksoplazmoz – Sistemali parazitar kasallik xisoblanib, klinik belgilarining turli tumanligi bilan xarakterlanadi,aniq klinik ko‘rinishga ega emas.
Qo‘zg‘atuvchisi - Toxoplazma gondii xujayra ichini shikastlaydi. odamlar,(ayollar)hayvonlar qushlar uning oraliq xo‘jayinlari hisoblanadi.
Toksoplazmoz homilador ayollarda klinik belgisiz o‘tadi .Homilaga yo‘ldosh orqali o‘tadi.Birinchi uch oylikda infeksiyalanish juda yuqori bo‘lib homila miyasini shikastlaydi,homilani ona qorni ichi o‘limini keltirib chiqarishi mumkin.
Homiladorlik vaqtida toksoplazmoz yo‘ldosh orqali bolaga o‘tib homilani ona qorni ichi o‘limiga ,homilani rivojlanmay qolishiga,homila miyasini rivojlanmasligiga ,eshituv organlari nuqsoniga va ko‘r tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.
Homiladorlikdagi asoratlari:Gidrotsefaliya, Mikrotsefaliya; Kolobomamikroftalmiya;
-Ko‘ruv nervi atrofiyasi tug‘ma katarakta;markaziy nerv sistemasi shikastlanishi;
isitma ko‘tarilishi;sariqlikni paydo bo‘lishi;teri toshmalari bo‘lishi;jigar taloq kattalanishi kuzatilishi mumkin.
Xatarli guruhlar:Anamnezi bo‘yicha. O‘lik xomilalar; Homilaning tushishi;
Muddatdan oldingi tug‘ruklar.
Qizamiq-tagoviruslar gruppasiga kiruvchi virusdir.
Onalarga ta’siri:-Kasallik engil formada terida mayda toshmalar hosil kiladi.
Homilaga tasiri:Birinchi 12 xaftada 80 % xomilani shikastlaydi. Gestatsiya muddati yuqorilangan sari yuqish holati susayib boradi
YUqish yo‘llari:- Xavo- tomchi yo‘li orqali.- Yo‘ldosh orqali.
Yo‘ldosh orqali o‘tgan infeksiya. Gepatosplenomegaliya va assit ko‘rinishi
Asoratlari::Karlik,ko‘z olmasining shikastlanishi (ko‘z olmasiga oq tushishi),yurak nuqsonlari
Sitomegalovirus.Sitomegalovirusda virus tashuvchilar yoki bemorlar virusning manbai bo‘lib hisoblanadi.Odam organizmidagi sitomegalovirus qon,siydik, axlat,so‘lak,balg‘am,ko‘z yoshi,sperma,bachadon bo‘yni va qin ajralmalari bilan chiqadi.Virus havo-tomchi,ovqatlanish jarayonida,jinsiy aloqa orqali, onadan bolaga (trasplatsentar, vertikal) va parenteral yo‘l orqali yuqadi.
Sitomegalovirus tomonidan chaqirilgan kasallik ayollarda servitsit,bachadon bo‘yni eroziyasi,homilador ayollarda erta, og‘ir toksikozlar,endometrit holatida namoyon bo‘ladi.Homiladorlarda erta homila tushishi va homiladorlik jarayonining buzilishiga olib keladi.
Amaliyotda sitomegalovirus kasalligini aniqlashda qonni OITS va zaxmga ham tekshirish kerak bo‘ladi.
Xlamidioz. Xlamidioz kasalligiga xlamidiyalar sababchi bo‘lib.ular 3 turga bo‘linadi.Ikki turi odamda,bir turi sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kasallik keltirib chiqaradi.
Ayollarda xlamidioz bachadon naylari o‘tkazuvchanligining buzilishi.bepushtlik,bola tashlash,homilaning ona qornida o‘limiga olib keladi.
Jinsiy a’zolar sohasi uchug‘i(genital gerpes) .Oddiy gerpes virusi gerpetik infeksiyaning qo‘zg‘atuvchisi hisoblanib 90% holatlarda infeksiya qo‘zg‘atuvchisi organizmda yashirin holatda bo‘ladi Genital gerpesning qo‘zg‘atuvchisi DNK li virus bo‘lib ,qobig‘ida antiretseptorlarga ega.U teri,shilliq qavatlar,periferik va markaziy nerv sistemasi,jigar,qon-tomirlar endoteliysini va qon xujayralarini T-limfatsitlarni,eritrotsitlarni,trombotsitlarni zararlaydi.Erkaklarda va ayollarda jinsiy a’zolarda mayda guruhlashgan seroz suyuqlikka ega pufakchalar toshishi kuzatiladi.Ular bir necha kun ichida yoriilib eroziv-yarali yuzalar hosil qiladi.Birlamchi
genital gerpesdan so‘ng 50-75 % odamlarda kasallik surunkali qaytalanuqchi holatda kechadi.Ayollarda jinsiy a’zolar sohasi uchug‘i qo‘zg‘atuvchisi homila tashlash,homila o‘limi yoki har xil turdagi nuqsonlar paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin .
Homila nuqsonlaridan:
- Mikrotsefaliya,
- Buyraklar polikistozi
- YUrak nuqsonlari.
- Bosh miya oq moddasining kichrayishi.
- Mielin qobikning rivojlanishdan orqada qolishi
- Miya to‘qimasining o‘smay qolishi.
.SHu bilan bir qatorda bachadon bo‘yni rakini rivojlanishiga sabab bo‘ladi.


O‘z vaqtida davo qilinmagan jinsiy a’zolarining kasalliklari odamga genital uchuq virusi va OITS/OIV kasalligini yuqib qolish xavfini tug‘diradi.
Jinsiy yo‘llar kasalliklarining oqibatlari :
Kichik chanoq organlarining yallig‘lanish tufayli, bachadondan tashqari xomiladorlik bo‘lib qolishi mumkin .Yiring aralash shilimshiq ajralma surunkali servitsit va bachadon bo‘yni yarasiga olib kelishi mumkin, va kelajakda bachadon bo‘yni o‘smasini keltirib chikarishi mumkin .Surunkali kichik chanoq soxasining og‘rig‘i .Xayz davrining izdan chikishi.Bepushtlik O‘z vaqtida davo qilinmagan jinsiy a’zolarining kasalliklari odamga genital uchuq virusi va OITS/OIV kasalligini yuqib qolish xavfini tug‘diradi.

Qo‘yidagi jinsiy yo‘llar kasalliklarning belgilarini bilish va paydo bo‘lgan xolda shifokorga murojaat qilish muhimdir:

  • Qin, olat yoki yo‘g‘on ichakdan rangli ajralmalar chiqishi;
  • Siyganda, jinsiy aloqa vaqtida og‘riq yoki achishish paydo bo‘lishi;
  • Erkaklarda moyakning og‘rishi;
  • Ayollarda qorinning pastida og‘riq paydo bo‘lishi;
  • Jinsiy a’zolar yoki og‘iz atrofida po‘rsildoq, yaracha, so‘gal va toshmalarning paydo bo‘lishi yoki shishib ketishi.

Ko‘pincha ayrim homilador ayollarning homilasi infeksiya sababli chala tushibdi yoki uning ichida rivojlanmay nobud bo‘libdi, deb eshitib qolamiz. Bunga TORCH infeksiyasi sabab bo‘ladi, deyishadi. Ular qanday viruslar bo‘ldi?

Toksoplazmoz – asab tizimini zararlaydigan, jigar va taloqning kattalashishi va limfa bezlarining o‘zgarishlari bilan kechadigan parazitli kasallikdir. Ayrim kishilarda bu kasallik belgilarsiz o‘tadi.


Organizmda immun javobning rivojlanishi natijasida qonda parazitlar kamayadi. Ammo parazit sistalari to‘qimalarda saqlanib qoladi. Bu sistalar organizmning immun tizimi sustlashganda qayta faollashishi mumkin (masalan, OIVni yuqtirgan homilador ayollarda). Kasallik qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda 200 S haroratda 3 kungacha saqlanadi. Quritish, tik tushadigan quyosh nuri va yuqori haroratga ular chidamsiz bo‘ladi.

Birlamchi kasallik manbai mushuklar hisoblanadi. Odam, mushuk va itlardan tashqari barcha sut emizuvchi hayvonlar va qushlar toksoplazmoz bilan kasallanishi mumkin. Mushuklar ichagidan ajralib chiqadigan toksoplazma sistalari tuproqqa tushadi va suv, shamol, transport g‘ildiraklari orqali atrofga tarqaladi. Tuproq bilan ifloslangan yemish bilan bu sistalar boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlari organizmiga va ularning go‘shtlari orqali odam organizmiga tushadi.

Insonning toksoplazmoz bilan zararlanishi odatda alimentar yo‘l bilan yuzaga keladi: xom yoki yetarli termik ishlov berilmagan go‘sht, ayniqsa, quyon va qo‘y go‘shtlarini iste’mol qilganda (masalan, go‘sht qiymasini ta’mini tatib ko‘rganda), odam qo‘li qum, tuproq bilan ifloslanganda va mushuklarni parvarish qilganda yuqadi.

Toksoplazmalar bilan homiladorlik vaqtida yo‘ldosh orqali homila ham zararlanishi mumkin. Infeksiyaning onadan bolaga o‘tish xavfi homiladorlikning oxirgi bosqichlarida yuqori bo‘ladi. Hazm qilish a’zolari parazitning kirish darvozasi hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi qonga ingichka ichakdan so‘riladi va butun organizm bo‘ylab tarqaladi. Parazitlar asosan jigar, taloq, limfatik tugunlar, asab tizimi, yurak, skelet mushaklarini zararlantiradi. So‘ngra immunitet shakllana borishi bilan sista hosil bo‘ladi va ular organizmda o‘nlab yillar hatto, umr bo‘yi saqlanib qolishi mumkin.

Tug‘ma va orttirilgan toksoplazmoz farq qilinadi. Tug‘ma toksoplazmozning o‘tkir shakli og‘ir o‘tadi: jigar va taloqning kattalashishi, toshmalar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Ko‘pchilik bolalarda ensefalit va ko‘zning zararlanishi kuzatiladi. Bunday toksoplazmoz surunkali shaklga o‘tganda ensefalit asoratlaridan gidrotsefaliya (bosh hajmining kattalashishi) ko‘proq kuzatiladi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, toksoplazma yuqtirgan kishilarning yurish-turishi birmuncha o‘zgaradi. Ko‘proq ularda reaksiyalarning sustligi va o‘ziga ishonchsizlik hissining namoyon bo‘lishi xarakterlidir. Orttirilgan toksoplazmozda isitma, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq va limfatik tugunlarning kattalashishi kuzatiladi.

Kasallikka tashxis qo‘yishda xastalik belgilari va laboratoriya usullari qo‘llaniladi. Toksoplazmoz bilan kasallangan bemorlarni davolash kompleks tarzda amalga oshirilishi lozim.

Uy hayvonlaridan ayniqsa, mushuklar bilan muloqotda bo‘lmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, xom va yetarli darajada termik ishlov berilmagan go‘shtni iste’mol qilmaslik ushbu dardning yuqishining oldini oladi. Bu qoidalarga ayniqsa homiladorlik vaqtida qa’tiy rioya qilish muhim.

Toksoplazmoz haqida ushbu maqola orqali ham o‘qishingiz mumkin: Toksoplazma – xavfli yo‘lovchi

O‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, mayda dog‘li toshma, isitma va homilador ayollarda homilaning zararlanishi bilan kechadi. Kasallik manbai odam hisoblanadi. Qizilchaning klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan bemor yoki kasallik toshmalarsiz kechayotgan kishilar hamda tug‘ma qizilcha bilan xastalangan bolalar organizmida virus ko‘p (1,5 yil va undan ham ziyod) vaqt davomida saqlanishi mumkin.

Bu kasallik aslida kichik yoshdagi bolalarga xos. Biroq, hozirda bemorlarning yarmidan ko‘pini 9 yoshdan yuqori bo‘lgan xastalar tashkil qiladi. Tug‘ruq yoshigacha 75-85 foiz ayollar qizilcha bilan og‘riydi va odatda bu dardga qarshi bir umrlik immunitet hosil bo‘ladi. Qizilchaga qarshi vaksinatsiya 1969 yildan emlash kalendariga kiritildi. Shundan keyin uning uchrash ko‘rsatkichi aholining jon boshiga 1: 100 000 gacha kamaydi. Virus organizmga nafas yo‘llari orqali tushadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi toshma toshishidan 7-10 kun oldin burun-halqumdan ajralib chiqa boshlaydi. Unga qarshi immunitet paydo bo‘lishi bilan (toshmaning 1-2 kunlari) infeksiyaning organizmdan ajralib chiqishi to‘xtaydi.

Kasallikning yashirin davri 15-24 kun. Boshlang‘ich davri esa bir necha soatdan bir kecha-kunduzgacha davom etadi.

Tana haroratining ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va ko‘zning qizarishi xastalikning o‘ziga xos belgilaridandir. Bu dard avj olgan davrda bo‘yinning orqa, ensa, quloq orti limfa bezlarining kattalashishi kuzatiladi. Kattalashgan bezlar esa qattiqlashadi va ular paypaslab ko‘rilganda og‘riq seziladi. Kasallikka xos bo‘lgan belgilardan yana biri yasmiq (chechevitsa doni) kattaligida hosil bo‘ladigan och qizil rangdagi toshmalardir. Toshmalar qichishish bilan kechadi. Ko‘pincha ular oyoq va qo‘llarning yoziluvchi yuzalari hamda qorin va ko‘krakda paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda taloq kattalashadi, og‘iz bo‘shlig‘ida qizil dog‘lar shaklida toshmalar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda qizilcha hech qanday belgilarsiz ham kechishi mumkin.

Qizilchaga tashxis qo‘yishda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Bu qiyinchiliklar ushbu dardning klinik ko‘rinishlarining ko‘pligi va ularning ko‘p kasalliklarga o‘xshashligidir. Xastalikka tashxis qo‘yishda laboratoriya usullari muhim ahamiyatga ega. Agar inson o‘z vaqtida emlansa, bu kasallik bilan umuman og‘rimasligi mumkin.

Virus ona organizmida homilaning benuqson o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning markaziy asab tizimining zararlanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, homilaning katarakta, glaukoma, karlik, yurak yetishmovchiligi va boshqa tug‘ma nuqsonlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda kattalarda uchraydigan Alsgeymer (aqli zaiflik) kasalligiga bolalikda boshdan o‘tkazilgan qizilcha sabab, degan faraz mavjud

Hozirgi vaqtda dunyoning barcha mamlakatlarida keng tarqalgandir. Ayniqsa, oxirgi o‘n yillikda sitomegalovirus qo‘zg‘atadigan kasalliklar ko‘p uchray boshladi.


Zararlangan organizmdan virus peshob, so‘lak va ko‘z yoshi orqali ajraladi. Onadan bolaga virus so‘lak orqali ham yuqishi mumkin. Kattalar uchun ham, bolalar uchun ham kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchi bo‘lishi mumkin.

Mazkur infeksiyada homila rivojlanish bosqichining dastlabki davrida uning zararlanishi uchun katta xavf tug‘iladi. Ushbu virusni yuqtirgan bemorda o‘tkinchi sariqlik, jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi. 10-30 foiz holatda virus yuqtirgan bolalarda eshitish asab tolasining atrofiyasi va aqliy zaiflik kuzatiladi.

Jinsiy yo‘l orqali kasallik ko‘p tarqaladi. Shuningdek, uning havo-tomchi yo‘li orqali yuqish xavfi ham ma’lum. Qon yoki qon mahsulotlarini quyish, to‘qima va a’zolarni ko‘chirib o‘tqazish ham bu dardning yuqishida asosiy omildir.

Tug‘ma tarqalgan SMVI teri va shilliq qavatlarda turli toshmalar, ichki a’zolar va bosh miyaga qon quyilishi, kamqonlik, jigar, taloq va buyraklarda kasallik o‘choqlarining hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga ko‘zning zararlanishi ham kuzatiladi.

Kasallikka tashxis qo‘yish jarayoni ancha qiyin kechishi mumkin. Homilador ayollarda qayta homila tushishi hollari kuzatilganda va chaqaloq o‘lik tug‘ilganda organizmda virusning yashirin holatda mavjudligi haqida gumon qilish mumkin. Tashxis qo‘yish laboratoriya tekshiruvlari asosida amalga oshiriladi.

Yuqorida keltirilgan jarayonlarning yig‘indisi jigar ichida rivojlanadigan xolestazga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, surunkali kechadigan SMVli gepatitda o‘t suyuqligining dimlanishi (xolestaz) belgilari (sariqlik, qichishish) asosiy rol o‘ynaydi.

Xastalikni davolashda hozircha virusga qarshi yuqori samarali dori yo‘q. Bugungi kunda unga qarshi istiqbolli kimyoviy dori vositalarni ishlab chiqarish va klinik sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu qator kasalliklar guruhini o‘z ichiga oladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra oddiy gerpes virusi qo‘zg‘atadigan kasallik virusli infeksiyalar sabab bo‘ladigan o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yoki uning antigenlari 80-90 foiz antitelolar esa deyarli 100 foiz katta yoshdagi kishilarda aniqlanadi. Ulardan 10-20 foizigina kasallikning klinik belgilari bilan kechadi.

Hozirgi vaqtda fanda 90 ga yaqin gerpes viruslariga ta’rif berilgan: ulardan beshtasi odamdan ajratib olingan. Oddiy gerpes virusi 1 (HSV-1), oddiy gerpes virusi 2 (HSV-2), sitomegalovirus (CMV), suvchechak virusi / suvli temiratki virusi (VZV) va Epshteyn-Barr virusi (EBV)dir.

Kasallikning yashirin davri 2 kundan 12 kungacha (ko‘pincha 4 kun) davom etadi. Gerpetik toshma odatda og‘iz bo‘shlig‘i atrofida, lablarda, burun qanotlarida uchraydi. Bemorlar zararlangan teri sohasining achishishi va terining qichishishidan shikoyat qiladi. Gerpes virusining herpes gladiatorum shakli terining katta sohasini zararlaydi. Toshma joyida qichishish, achishish va og‘riq paydo bo‘ladi. Keng tarqalgan toshmalar kuzatilganda tana haroratining ko‘tarilishi (38-39°S gacha) hamda holsizlik va mushaklarda og‘riq kuzatiladi. Toshmalar asosan yuz terisida, qo‘llarda va tanada uchraydi. Limfa tugunlari kattalashadi va ular paypaslaganda og‘riq seziladi.

Genital (jinsiy a’zolar atrofidagi) gerpes homilador ayollar uchun katta xavf tug‘diradi. Ko‘zning gerpetik infeksiya ta’sirida zararlanishi ko‘pincha 20-40 yoshlardagi bemorlarda ko‘proq uchraydi. Bu holat insonning ko‘r bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gerpetik infeksiya AQSHda virusli ensefalitlarning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biridir (20 foiz ensefalitlarning sababi gerpetik infeksiyadir).

Gerpetik infeksiyaning visseral (ichki a’zolarga tegishli) shakllari ko‘pincha o‘tkir pnevmoniya va gepatit ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga qizilo‘ngachning shilliq qavatlari zararlanadi. Gerpetik pnevmoniya (zotiljam) virusning traxeya va bronxlardan o‘pka to‘qimasiga tarqalishi tufayli vujudga keladi. Gerpetik gepatit immun tizimining faoliyati pasaygan kishilarda ko‘p uchraydi. Bunda tana harorati ko‘tariladi, teri va shilliq qavatlarda sariqlik paydo bo‘ladi. Tarqalgan gerpetik infeksiya teri va shilliq qavatlarning zararlanishi, gerpetik ensefalit yoki meningoensefalit, gepatit, ayrim hollarda esa pnevmoniya rivojlanishi bilan kechadi. Bugungi kunda gerpesga qarshi maxsus dorilar qo‘llanilmoqda.

TORCH tushunchasiga kiradigan infeksiyalarga har xil kasalliklar kiradi. Ular asosan homilaga juda jiddiy zarar yetkazish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda mazkur guruhga kiritilgan. Hozirgi paytda other tushunchasiga quyidagi infeksiyalar kiritilgan: xlamidioz, mikoplazmoz va boshqalar.

Xlamidiozlar xlamidiy guruhiga mansub mikroblar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklardir. Inson uchun uch turdagi xlamidiylar xavfli hisoblanadi: Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae va Chlamydia psittaci. Xlamidiozlar jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, pnevmoniya, faringit va boshqa kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Xlamidiya traxomatis jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan biridir. Peshob yo‘llari a’zolarining xlamidiyali infeksiyalari urogenital xlamidioz deb nomlanadi. Erkaklarda Chlamydia trachomatis prostatit, uretrit, ayollarda esa kichik tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarini chaqiradi. Bundan tashqari ikki jins vakillarida ham bu turdagi xlamidiyalar artritlar (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi)ni keltirib chiqarishi mumkin.

Mikoplazmoz – bu mikoplazmalar – bakteriyalar, zamburug‘lar yoki viruslar oralig‘ida joylashgan mikroblar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yoki surunkali yuqumli kasallikdir. Inson organizmida 14 turdagi mikoplazmalar bo‘lishi mumkin. Jami uch turdagi – Mycoplasma hominis va Mycoplasma genitalium (jinsiy va peshob yo‘llari kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari) va mycoplasma pneumoniae – nafas yo‘llari infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari inson organizmida kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Homiladorlarda uchraydigan mikoplazmoz – og‘ir kasallik bo‘lib, homilaning chala tushishi yoki homiladorlikning cho‘zilishi, hamda tug‘ruqdan keyin bachadon yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, TORCH guruhiga kiritilgan kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika o‘tkazish – xastaliklarning turli asoratlarini oldini olishda samarali va muhim tadbirlardandir.

Nargiza YARMUXAMЕDOVA,
tibbiyot fanlari nomzodi.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

TORCH қисқартма сўз бўлиб, қуйидаги касалликларнинг бош ҳарфларидан олинган:

T – Toxoplasma (токсоплазмалар – бир ҳужайрали текинхўр организм. Улар одам ва турли сут эмизувчи ҳайволарда паразитлик қилиб, жуда оғир касалликларни келтириб чиқаради. Бу паразит беморнинг боши ва орқа мушакларида, шунингдек, қонида ҳам учрайди);

O – Others (бошқалар: энтеровирус, парвовирус В19, гепатит В, С, ОИВ, захм)

R – Rubella (қизилча )

C – Cytomegalovirus (цитомегалия)

H – Herpes simplex virus (герпес I/II)

Дунёнинг барча мамлакатларида учровчи ва ҳомила ривожланишига салбий таъсир этиши билан хавфли бўлган TORCH бир қанча инфекциялар гуруҳидир.

Токсоплазмоз — асосан белгиларсиз кечувчи, бироқ паст иммунитетли одамларда ва онадан ҳомилага юққанда асаб тизими, юрак мушаклари ва бошқа аъзоларни зарарловчи хасталик. Унинг манбаи Toxoplasma gondii деб номланувчи жонивор. Маҳаллий тарқатувчиси эса мушуклар бўлиб, токсоплазма қўзғатувчиси билан зарарланган гўшт маҳсулотларини истеъмол қилиш оқибатида сут эмизувчи жониворлар ва одамларга юқади. Онадан ҳомилага ўтиши эса ҳомила ривожланишига жиддий хавф солади. Бироқ ҳомиладорликкача бўлган даврдаги зарарланиш ҳомила учун хавфли эмас, чунки тўқимага ўрнашган инфекция ҳомила учун айтарли хавф туғдирмаслиги кузатувларда ўз исботини топган. Агар она ҳомиладорлик вақтида Токсоплазмоз билан хасталанса, у қон орқали ҳомилага ўтиши ва асосан 12 ҳафталиккача бўлган ҳомиладорлик мобайнида катта хавф туғдириши мумкин. Токсоплазмоздан сақланиш учун тозаликка риоя қилиш, гўштни яхши пишириш, хом гўшт билан ишлагандан сўнг қўлларни ва ишлатилган буюмларни яхшилаб ювиш лозим. Касаллик вируси таъсирида турғун иммунитет ҳосил бўлади.

Қизилча — асосан 2–10 ёшли болаларни зарарловчи, енгил иситма ва майда қизил тошма билан намоён бўладиган, катта ёшлиларда ва ҳомиладорликда оғир кечувчи вирусли касаллик. Унинг манбаи касалликнинг турли шакиллари билан оғриган бемор. Соғлом одамга ҳаво-томчи йўли орқали, болага онасидан ўтади. Қизилча вирусларининг ҳомилага тасири ҳомиладорлик босқичларига қараб, турли даражада бўлади: аёл ҳомиладорликнинг биринчи уч ойлигида қизилча билан оғриса, ҳомиланинг зарарланиш эҳтимоли 60–85 фоизни, иккинчи даврида 15–20 фоизни, учинчи даврида эса 5 фоизни ташкил этади. Ҳомиладор аёл қизилча билан оғриган бемор билан мулоқотда бўлса, албатта, зарурий таҳлиллар топшириши, яъни қонда қизилчага қарши антитаначаларнинг пайдо бўлган-бўлмаганлигини аниқлаш лозим. Ҳомиладорликнинг илк уч ойида зарарланиш аломатлари аниқланса, болани олдириш тавсия қилинади.

Туғма қизилча билан дунёга келган болаларда катаракта, юрак нуқсонлари ва нейросенсор карлик кузатилиши мумкин. Бу касалликдан кейин турғун иммунитет ҳосил бўлади.

Цитомегаловирусли инфекция (ЦМВИ) — асосан клиник белгиларсиз ўтувчи, баъзан марказий нерв тизими ва ички аъзоларни оғир зарарлайдиган, ҳомиладорлик кечишига салбий таъсир кўрсатадиган вирусли касаллик. Цитомегаловирус бутун умри давомида бемор вужудида сақланиб туриши билан хавфли. Вирус жинсий йўл билан, ҳомилага эса қон орқали юқади. Цитомегаловирус организмга кириб, иммун тизимини кучсизлантириб бўлгач, асоратларини кўрсата бошлайди.

Ҳомиланинг дастлабки ойларданоқ ЦМВИ билан зарарланиш ҳомиланинг нобуд бўлишига олиб келиши мумкин. Ҳомиладорликнинг сўнгги даврларида зарарланиш аъзолар тузилишида жиддий ўзгаришларга олиб келмаса-да, бола туғилгач, сариқлик, қон кетиши, ўпка яллиғланиши ва марказий асаб тизимининг зарарланиши каби асоратлар кузатилади. ЦМВИ билан касаллангандан сўнг турғун иммунитет ҳосил бўлмагани боис, қайта касалланиш эҳтимоли бор.

Оддий герпес (ОГВ) — дунёда энг кўп тарқалган вирусли инфекциялардан бири. Унинг 2 тури мавжуд. ОГВ-1 билан зарарланиш дунёда 90-95 фоиз, ОГВ-2 билан зарарланиш эса 20-30 фоизгача етади. Оддий герпес ҳомиладорликнинг оғир кечиши, боланинг муддатидан илгари туғилиши, она қорнида ривожланмай қолиши ёки ҳомила тушишига олиб келади.

Вирус манбаи беморлардир, яъни ҳаво-томчи, жинсий йўл орқали ёки онадан ҳомилага юқади. Аниқланишича, ҳомиладорликнинг биринчи чорагида ОГВ юқиши боланинг гидроцефалия (мия қоринчаларида орқа мия суюқлигининг кўпайиши билан кечувчи касаллик), юрак нуқсонлари, катаракта, карлик, сийдик-таносил аъзолари, ошқозон-ичак тизими нуқсонлари билан дунёга келишига сабаб бўлади. Вирус ҳомиладорликнинг иккинчи ва учинчи даврида юқса, жигар ва талоқнинг катталашиши (гепатоспленомегалия), анемия, сариқлик, гипотрофия (организмнинг дармонсизланиб, озиб кетиши), пневмония каби асоратларни юзага келтиради.

Ушбу касалликдан сўнг ҳам турғун иммунитет ҳосил бўлмайди ва такроран касалланиш ҳолатлари кузатилади.

TORCH-инфекцияси сўзи таркибидаги (Others) бошқа вирусли хасталиклар ҳам шу каби жиддий оқибатларни юзага келтиради.

Ота-онанинг иммунитети баланд бўлиши, гигиена қоидаларига амал қилиши, ўз организмига ҳурмат билан қараши ва, албатта, палапартиш жинсий ҳаётдан тийилиб, хиёнат кўчасига кирмаслиги фарзанднинг соғлом туғилишини кафолатлайди.

Homiladorlikni rejalashtirish har bir ayolga juda ko’p muammolarni olib keladi. Bu homiladorlikning boshlanishi va farzand ko’rish uchun chuqur tayyorgarlikdir. Organizmingizga, vujudingizda rivojlanayotgan farzandingizga va shifokorinizga ishoning. Va, albatta, kelajakdagi farzandingizning sog’lig’i ko’proq sizga bog’liqdir. Siz ko’plab xavf-xatarlardan osongina qochishingiz mumkin — issiqlikdan, sovuqdan, spirtli ichimliklardan, sigaretaning tutunidan… shunday emasmi? Ammo tahdid ko’zga ko’rinmas holda bo’lsa-chi?


TORCH infeksiya nima?

T.O.R.C.H. abbreviaturasi homila uchun eng xavfli infektsiyalarning birinchi harflaridan paydo bo’lgan:

  • T (toxoplasmosis) — toksoplazmoz

Toksoplazmoz yuqishi, odatda, mushuklardan (iflosliklari bilan aloqa qilganda), ifloslangan suv orqali, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilinmaslikda va oziq-ovqat uchun yarim xom go’shtdan foydalanishda sodir bo’ladi. Toksoplazmoz alomatlarsiz kechishi va homiladorlikni erta davrlarda to’xtatishi mumkin.

  • O (other) — boshqa infektsiyalar (gepatit B, sifilis, xlamidioz, turli viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan boshqa infektsiyalar)

Bu infektsiyalar alomatlarsiz bo’lishi mumkin, ammo ular homila uchun jiddiy xavf tug’diradi. Masalan, homilador ayolda xlamidial infektsiya bo’lganda, chaqaloq muddatidan oldin tug’ilishi mumkin.

  • R (rubella) — qizilcha

Virusli kasallik bo’lib, u ko’pincha sog’lom odamga bemorning aksa urishi va yo’tali orqali yuqadi. Agar homilador ayol qizilcha bilan kasallangan bo’lsa, bu infektsiya homila uchun jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirganda qizilchaga qarshi immunitet mavjudligini tahlil qilishingiz kerak, hatto bolalikda qizamiqqa qarshi emlanmagan bo’lsangiz ham.

  • C (cytomegalia) — sitomegalovirus infektsiyasi

Sitomegalovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati hatto uni sezmasdan ham infektsiyani boshdan kechiradi. Ushbu infektsiya homiladorlik paytida ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bu homiladorlikning to’xtatilishi va chaqaloqning muddatidan oldin tug’ilishi sabablaridan biri, shuningdek, miya, o’pka, jigar va ko’z rivojlanishining jiddiy nuqsonlariga olib keladi. Sitomegalovirus qon orqali, emizish orqali va jinsiy yo’l bilan yuqishi mumkin.

  • H (herpes) — I-II, II tip gerpes

Kasallikning qo’zg’atuvchisi — I va II turdagi oddiy gerpes virusidir. Virusning II turi jinsiy yo’l bilan yuqadi. Virus yuqganidan so’ng inson organizmida butun umrga qoladi.

TORCH infektsiyalari qanchalik xavfli?

Homiladorlik davrida TORCH infektsiyasiga mansub guruhlardan biri bilan birlamchi kasallanish xavflidir. Ya’ni, shu toifadagi infektsiyaga qarshi immunitet rivojlanmagan bo’lsa. Homilador ayolda TORCH infektsiyaning mavjudligi har qanday vaqtda homiladorlikni tugatilishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuningdek, o’tkir infektsiyada surunkali infektsiyaga qaraganda homilada nuqsonlar rivojlanishi xavfini yuqoriroq bo’ladi.

Qachon ko’rikdan o’tish kerak?

Tekshiruvlardan homiladorlikni rejalashtirishdan 2-3 oy oldin va homiladorlik davrida har 2 oyda (ayol organizmida ularga qarshi antitanalar bo’lmagan infektsiyalarni monitoring qilish) o’tish kerak. Shuningdek, homiladorlikning 16-18 haftaligida qizilcha virusi mavjudligini tekshirish majburiydir. Homiladorlikdan oldin TORCH infektsiyasini aniqlash terapevtik (davolash) yoki profilaktik (oldini olish) choralar o’tkazish imkonini beradi, shuningdek kelajakda homiladorlik davrida va homiladorlikdan oldingi natijalarni solishtirish uchun kerak bo’ladi.

TORCH infektsiyasi uchun laboratoriya tekshiruvi vaziyatni aniqlab beradi
TORCH infektsiyalarining muhim xususiyati shundaki, hech qanday alomatlar bo’lmasligi yoki ular sezilmas bo’lishi mumkin, shuning uchun faqat klinik ko’rinishlarga (toshma toshishi, haroratning ko’tarilishi va hokazo) asoslanib tashxislash ko’pincha qiyinchiliklarga olib keladi. TORCH infektsiyani aniqlashning eng aniq usuli laboratorik tashxis bo’lib, u qonda immunoglobulinlarni mavjudligini o’rganishga qaratilgan.

Tahlillarga tayyorgarlik:

  • Qon och qoringa topshiriladi;
  • Tahlillardan 3 hafta oldin antibiotiklar va antivirus preparatlardan foydalanmasli kerak.

Tadqiqot natijalarini olganingizdan so’ng, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

TORCH infektsiya uchun qon tahlili natijalariga izoh

Shartli belgilar: — = salbiy, mavjud emas; + = ijobiy, mavjud
IgM — M antitanalar, IgG — G antitanalar


Кейинги пайтларда айрим ҳомиладор аёлларнинг ТОРЧ инфекцияси билан зарарланишлари оқибатида ҳомиласининг тушиб кетиши ҳолатлари учрамоқда. Ҳатто, айрим ёш болалар ҳам ёшига етиб етмасдан нобуд бўлмоқда. Шифокорлар томонидан бунинг асосий сабабларидан бири болаларнинг қонида турли инфекциялар борлиги учун шундай ҳолат юз бераётганлигини таъкидланмоқда. Умуман, ТОРЧ инфекцияси нима? Уни даволаш мумкинми? Инфекция келиб чиқишининг олдини олиш учун нималарга эътибор қаратиш лозим?

Ана шу саволларга вилоят юқумли касалликлар шифохонаси, 4- бўлими мудири, педиатр-инфекционист Эркинжон БОЗОРОВ қуйидагича жавоб беради:

- Тиббиётда шундай касалликлар борки, уларнинг қўзғатувчилари одам организмга тушиб, неча йиллар давомида саломатлигига хавф туғдирмаслиги мумкин. Аммо бўлажак наслга катта зиён етказади, яъни бепуштлик ҳамда ҳомиланинг туғилмай нобуд бўлишига сабаб бўлади. Ана шундай хавфли хасталиклардан бири TORCH инфекциясидир. TORCH - бу қисқартма сўз бўлиб, бешта хасталикнинг лотин тилидаги ёзуви биринчи ҳарфларидан олинган номдир. Яъни:

O - гепатит, заҳм, ОИТС, хламидиоз ва бошқа вируслар;

R - қизилча (краснуха);

H - герпес (жинсий органлар гарпеси).

Мазкур инфекцияларнинг юқиш йўллари турлича бўлгани боис, деярли барча кишиларда учраши мумкин. Умуман, ушбу вируслар ҳақида кишилар муайян тушунча ва билимларга эга бўлиши муҳим.

Токсоплазмос - кўп ҳолларда хом гўшт маҳсулотларини истеъмол қилишдан юқади. Белгилари инсонда сезилмай ўтади. Организмда 3 хил формадаги иммуноглобулин ҳолида аниқланади. М, j, А - иммуноглобулинлари юққандан кейин бир умрлик иммунитет пайдо бўлади. Ушбу инфекция ҳомиладорлик вақтида биринчи марта 3 ойликкача юқса, ҳомилага жиддий зарар етади ва ҳомила тушиб кетади. Бунда иммуноглобулин М аниқланади. Агар у ҳомиладорликнинг кейинги даврларида юқса, даволаш чоралари кўрилади ва ҳомиладорлик асоратсиз ўтади.

Гепатит, захм (сифилис) - жинсий алоқа йўли билан тирналган жойларга инфекция чақирувчиси стерохетанинг тушиб қолиши билан юқади. Бу ҳомиладорликнинг ҳамма ойларида хавфли. Деярли юз фоиз ҳолларда онадан болага юқиши кузатилади. Касаллик инсонда даврий жараёнларни ўтказади ва у ҳар бир даврига хос белгиларни намоён қилади. Организмдаги барча тизмларни жароҳатлайди. Ҳомилада туғма нуқсон пайдо қилади.

Краснуха (қизилча) - ҳаво томчилари орқали юқади. Агар ҳомиладор аёл аввал, болалигида бу дард билан оғриган бўлса, унда бир умрлик иммунитет ҳосил бўлади ва касаллик қайта юқмайди. Бу инфекциянинг биринчи марта юқиши ҳомиладорликнинг уч ойигача хавфли ҳисобланади.

ЦМВ (цитомегаловирус) - бу вирус организмдан ажраб чиқувчи барча биологик суюқликлар, яъни қон, сперма, кўз ёши, сут, сўлак орқали юқади. Кечиши белгисиз. Айрим ҳолларда эса енгил шамоллашга ўхшаб ўтади. Ҳомиладор аёл бу вирусни биринчи марта юқтирса, камдан кам ҳолларда ҳомилага ўтиши мумкин. Даволаш монотерапия йўли билан амалга оширилади. Бунда фақатгина бренд препарати қўлланилади.

Герпес - инфекциянинг генитал белгилари ташқи жинсий органларда, сон соҳасида қизариш, пуфакчали тошмаларнинг пайдо бўлиши, тана ҳароратининг кўтарилиши, тинка қуриши билан намоён бўлади. Ушбу вирус болага туғруқ вақтида юқади. Агар тошмалар туғруққача 6 ҳафта олдин пайдо бўлган бўлса, туғруқ кесарево йўли билан ўтказилади. Агар тошмалар туғруққача 6 ҳафтадан олдинроқ тошган бўлса, уларни даволаб, аёлни табиий йўл билан туғдириш мумкин. Бироқ чақалоқнинг қонини албатта, текшириш лозим.

Юқоридагиларни тўғри англаган ҳолда бугунги кунда бўлғуси оналаримиз ҳомиладор бўлишдан аввал тиббий кўрикдан ўтиб, ТОРЧ инфекциясига қон таҳлиллари топширишлари шарт. Агар организмда бу инфекция борлиги аниқланса, ҳар икки томон - эр ва хотин бир вақтда даволаниб, сўнгра фарзанд кўришлари мақсадга мувофиқдир.

ТОРЧ инфекциясидан холи бўлиш учун кишилар энг аввало, соғлом турмуш тарзига амал қилган ҳолда ҳаёт кечиришлари, шу билан бирга, ўз соғлигига эътибор қаратиши, муайян муддатларда шифокор кўригидан ўтиб, зарур тавсия ва маслаҳатларни олиб туришлари лозим.

Читайте также:

Пожалуйста, не занимайтесь самолечением!
При симпотмах заболевания - обратитесь к врачу.