Тиф миллий банк ишонч телефони

I. Umumiy qoidalar

Ushbu Tartib O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi (bundan buyon matnda Assotsiatsiya deb yuritiladi) telefon aloqasining maxsus liniyasi (bundan buyon matnda “Ishonch telefoni” deb yuritiladi) orqali qabul qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Assotsiatsiya xamda uning tizimidagi kompaniya va tashkilotlarga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha murojaatlarni qabul qilish, umumlashtirish va belgilangan tartibda ko’rib chiqish “Ishonch telefoni”ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

“Ishonch telefoni” orqali og’zaki ariza, taklif va shikoyat ko’rinishidagi murojaatlar qabul qilinadi.

(+998 71) 238-69-01 raqamli “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar dushanba – juma kunlari (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha mas’ul xodim tomonidan qabul qilinadi. Kunning boshqa vaqtlarida murojaatlar avtomatik javob berish vositasida qabul qilinadi.

II. «Ishonch telefoni” orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish

“Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar Assotsiatsiya bosh direktori tasdiqlagan mas’ul xodim tomonidan qabul qilinadi.

“Ishonch telefoni” orqali telefon qo’ng’iroqlariga javob berishda mas’ul xodim:

familiyasi (ismi, otasining ismi), egallab turgan lavozimini aytishi;

qo’ng’iroq qilgan shaxsga “Ishonch telefoni” arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek qasddan yolg’on ma’lumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishini ma’lum qilishi;

qo’ng’iroq qilgan shaxsga ushbu Tartibning 7-bandida ko’rsatilgan axborot va ma’lumotlarni ma’lum qilishni taklif etishi shart.

“Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishda fuqarolar familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlarni, javob yuborilishi kerak bo’lgan pochta manzilini, qayta bog’lanish uchun telefon raqamini ma’lum qilishi, shuningdek murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.

“Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlar Assotsiatsiya mas’ul xodimi tomonidan umumlashtiriladi xamda ushbu Tartibning 1-ilovasiga muvofiq qaydlov (nazorat) varaqasi to’ldiriladi va devonxonaga ro’yxatga olish uchun topshiriladi.

“Ishonch telefoni” orqali qabul qilingan murojaatlar qaydlov (nazorat) varaqasi Assotsiatsiya devonxonasiga kelib tushgandan so’ng, devonxona mas’ul xodimi tomonidan elektron xujjat aylanish tizimiga kiritiladi va tegishli rezolyutsiya qo’yish uchun bosh direktorga taqdim etiladi.

Ushbu Tartibning 7-bandida ko’rsatilgan axborot va ma’lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro’yxatdan o’tkazilmaydi va ko’rib chiqilmaydi.

III. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan murojaatlarni ko’rib chiqish

“Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar, bosh direktor rezolyutsiyaga ko’ra tayinlangan mas’ul xodim tomonidan ko’rib chiqiladi. Zarur hollarda murojaatda ko’rsatilgan holat bo’yicha murojaatchini jalb etgan holda joyiga chiqib o’rganilishi mumkin.

Ko’rib chiqilishi O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar tushgan taqdirda, mas’ul xodim tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish beriladi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Murojaatlar, agar murojaat etuvchilarning shunday xususiyatga ega bo’lgan avvalgi murojaati bo’yicha qaror qabul qilingan va bu haqda ularga ushbu Tartibda belgilangan xolda xabar qilingan bo’lsa, rad etilishi mumkin.

Murojaatlarni ko’rib chiqishda jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni Assotsiatsiya mas’ul xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Assotsiatsiya tasarrufidagi tegishli kompaniya va tashkilotlarning qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan murojaatlardan tashqari boshqa murojaatlar ko’rib chiqish uchun ushbu kompaniya va tashkilotlarga yuboriladi.

Assotsiatsiya ijroiy direktsiyasiga “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan barcha murojaatlar rahbariyat qoshidagi apparat xodimlari tomonidan nazoratga olinadi.

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan Assotsiatsiya tomonidan hal etilishi shart bo’lgan xollarda, murojaatlar Assotsiatsiyaga kelib tushgan kundan e’tiboran o’n besh kun ichida, qo’shimcha o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha hujjatlarni so’rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish, qo’shimcha materiallarni so’rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, ularni ko’rib chiqish muddatlari Assotsiatsiya bosh direktori tomonidan istisno tariqasida uzog’i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Taklif Assotsiatsiyaga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo’lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o’n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

Murojaat ko’rib chiqilib undagi masalalar hal etilgandan so’ng, qabul qilingan qarorlar haqida murojaat etuvchiga yozma ravishda javob xati yo’llanadi. Murojaat qiluvchi telefon liniyasi orqali og’zaki javob olish istagini bildirgan hollarda bu haqida qaydlov (nazorat) varaqasiga tegishli yozuv kiritiladi xamda telefon liniyasi orqali og’zaki javob beriladi.

Murojaatni ko’rib chiqish jarayonida olingan materiallar asosida, mas’ul ijrochi bosh direktorga ko’rib chiqish natijasi haqida ahborot beradi. Murojaat bosh direktor yoki vakolatli boshqa mansabdor shaxs tomonidan tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.

Murojaatlarni ko’rib chiqish bilan bog’liq barcha hujjatlar mas’ul xodimga saqlash uchun topshiriladi.

IV. Yakunlovchi qoidalar

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilishni yoki ko’rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik ustidan bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilish xaqlidirlar.

Murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi.

Ma`lumotlar soni: 154
Xabarlar soni: 6
Bugun: 14.4.2020
Soat: 9:3

Vazirlik va idoralarninig ishonch telefonlari

Qo`shilgan sana: 2017-04-25

Вазирлик ва идораларнинг ишонч телефонлари

Ташкилот номи

Ишонч телефони

Вазирликлар

Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Меҳнат вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий алоқалар, инвестициялар ва савдо вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги

10-08
+99871 233-47-68
+99871 236-05-09

Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги

Давлат қўмиталари

Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси

+99871 230-81-80
+99871 230-81-82

Ўзбекистон Республикасининг Хусусийлаштириш, монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси

Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси

Ўзбекистон Республикаси Давлат божхона қўмитаси

Ўзбекистон Республикаси Табиатни муҳофаза қилиш Давлат қўмитаси

Ўзбекистон Республикаси геология ва минерал ресурслар Давлат қўмитаси

Ўзбекистон Республикаси Давлат Архитектура ва қурилиш қўмитаси

Ўзбекистон Республикаси Ер ресурслари, геодезия, картография ва давлат кадастри бўйича Давлат қўмитаси

+99871 273-84-01
+99871 273-84-02

Инспекциялар

Ўзбекистон Республикаси парвозларнинг хавфсизлигини назорат қилиш давлат инспекцияси

+99871 120-00-60
+99871 120-00-57

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Катта ва алоҳида муҳим сув хўжалиги объектларининг техник ҳолатини ҳамда бехатар ишлашини назорат қилиш давлат инспекцияси (Давсувхўжаликназорат)

Ўзбекистон Республикаси Саноатда, кончиликда ва коммунал-маиший секторда ишларнинг бехатар олиб борилишини назорат қилиш давлат инспекцияси (Саноатгеоконтехназорат)

Ўзбекистон Республикаси Темир йўлларда юк ва йўловчилар ташиш хавфсизлигини назорат қилиш давлат инспекцияси (Ўздавтемирйўлназорат)

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат дон инспекцияси (Ўздавдонинспекция)

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ўзбекистон нефт маҳсулотлари ва газдан фойдаланишни назорат қилиш давлат инспекцияси

Ўзбекистон Республикаси Электр энергетикада назорат бўйича давлат инспекцияси (Ўздавэнергоназорат)

Агентликлар

Ўзбекистон автомобиль ва дарё транспорти агентлиги

Ўзбекистон матбуот ва ахборот агентлиги

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги "Ўзархив" Агентлиги

Ўзбекистон Республикаси Интеллектуал мулк агентлиги

Ўзбекистон "Ўзкоммунхизмат" агентлиги

Ўзбекистон стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш агентлиги

Қўмиталар

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмита

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат захираларини бошқариш қўмитаси

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиқлаштириш қўмитаси

Марказлар

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Гидрометеорология хизмати маркази

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат Тест Маркази

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Наркотик моддаларни назорат қилиш миллий ахборот-таҳлил маркази

Қимматли қоғозлар бозорини мувофиқлаштириш ва ривожлантириш маркази

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта-махсус таълим Вазирлиги ҳузуридаги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази

10-06
+99871 246-11-09

Марказий муассасалар

Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссияси


Марказий банк расмий веб сайтида "Марказий банк Раисининг виртуал қабулхона"си орқали жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари узлуксиз қабул қилинади.

Шунингдек, ариза, таклиф ва шикоятлар бўйича Марказий банкда ташкил этилган ишонч телефони (0 800) 200-00-44 (Республиканинг барча ҳудудларидан қўнғироқлар бепул) орқали ҳам мурожаат қилиш мумкин. Марказий банкнинг ишонч телефонига келиб тушган мурожаатлар оғзаки мурожаатлар сифатида кўриб чиқилади ва натижаси бўйича муаллифга маълум қилинади.

Бундан ташқари Марказий банки Раиси, Раис ўринбосарлари, департаментлар ва мустақил бошқармалар бошлиқлари ҳар куни соат 8:00 - 11:00 гача жисмоний шахслар ва юридик шахсларнинг вакиллари қабул қилишади.

UZ24: Хабар ва янгиликларни‚‚‚ Facebook ‚‚‚ ҳамда‚‚‚ Telegram 'да ҳам кузатиб боринг






O'zbekiston Respublikasi markaziy banki raisiga. Men Abduroxmonov Abdurasul Gafur uli Qoraqolpog'iston Respublikasi Beruniy tumani Oltinsoy M.F.Y da yashayman. Men bu yil Qoraqolpog"iston Davlat Universiteti iqtisodiyot fakultetiga 2.3 ball yetmaganligi sababli super kontrakt asosida o'qishga qabul qilinsam bo'lar ekan. Men Oilaviy sharoitim sababli birdaniga bu pulni to"lashga imkoniyatim yo'q! Va men bu masala bo"yicha beruniy tumanidagi banklarga murojaat qildim, ular ta'lim krediti va boshqa kreditlarga ham ruhsat berilmadi degan sababni aytishdi! Yaqinda eshitib qoldim ta'lim krediti faqat talabalikka qabul qilinganlar uchun ekan! Shu gap rostmi? Menga qanday yordan berolasizlar? Super kontraktlarga hamma puli emas hech bo"lmaganda oddiy kontraktni ta'lim krediti qilib berolasizlarmi? +99897 788 01 97

Узбекистон Республикаси Марквзий банк раисига. Самарканд вилояти ургут тумани сариктепа махалласидан Абдуллаев Иномжон жияним кимматлаштрилган кантракт асосида укишга кабул килинди: кредит оркали тулаш учун ургут самаркант банк фелялларга мурожаат килдим, аммо банкдан кредит музлатилганлигини айтишди кредит олинг деб рекламалар куйилади нима учун берилмаяпти биз 15 октиябргача кантракт тулашимиз керак шуни бизга хал килиб бера оласизми. +998944751557 тел оркали жавоб кутиб коламиз

Узбекистон Республикаси Марказий банк Раисига! Мен Коракалпогистон Республикаси Шуманай тумани Азатлик кучасида 15/1 уйда истикомат килувчи Нуратдинова Акмарал Пахратдиновнаман. Менинг синглим. Нуратдинова Сарбиназ Пахратдин кизи 2014 йил Тошкент педиатрия тиббиет институти Нукус филиалига контракт асосида укишга кабул килиниб хозирги вактда шу институтнинг 4 курс талабаси. 3 йил Шуманай туманидаги "Халк банкидан" укиш учун "имтиезли таълим кредитини" олиб келдим, янги 2017-2018 укув йили учун "имтиезли таълим кредитини" сураб борсам хали таълим кредити учун давлат томонидан пул ажратилмаганини айтиб утди ва рад жавобини айтди. Нукус шахридаги барча банклар хам рад жавобини айтияпти. Синглим менинг кулимда тарбияланияпти чунки ота-онамиз вафот этган. Отамиз 2004 йил онамиз эса 2011 йил вафот этган. Мен уз хисобимдан тулаб укитишга оилавий шароитим тугри келмаяпти. Укишнинг тулаш муддати эса 1-октябрьгача муддатини шартномада курсатилган. Укишини укиб давом эттириши учун "имтиезли таълим кредитини" олишимизга ва муаммомизни хал килиб беришингизга. Сиздан амалий ердам беришингизни илтимос киламан. Жавобингиз учун олдиндан рахмат. Нуратдинова Акмарал Пахратдиновна Тошкент давлат педиатрия тиббиет институти Нукус филиали талабасининг опаси.
тел: +998 90 590 84 73

бизни МЧЖ шу йил июн оймда уз хособимиздан 500милон сумга куриб биткилди июл ойида Бешарик Тиф Миллий банкга кридит масаласида учрашганимизда кридит тухтатилгани айтишди бизни МЧЖ асосан парандачиликга иктисослашган МЧЖ иш фаолиятига утса камида 15 инсонни иш билан таминлайди иш бошлаш учун етарли булмагани сабабли ишга туширилган йук бизга 400милон сум киридитлашга рухсат сураймиз кайта молиялаш качон бошланади жавоб учун олдиндан рахмат.М.Ч.Ж. рахбари Махкамов Рашан 10.09.17.

Узбекистон Республикаси Марказий Банк Раисига!
Ушбу оркали шуни ёзиб маьлум киламанки, мен Тошкент вилояти Янгийул шахри Файзли махалласи Темирйулчилар кучаси 20уй 19 хоноданда истикомат киламан. Менинг укам Рахмонкулов Иномжон Ботирович Тошкентдаги Вест Министр унверситетида 3 боскичида укимокда лекин оилавий сабабларга кура контракт пулини тула олмаяпти "Таьлим кридит" олиш максадида Янгийул шахридаги банкларга мурожаат килсак хар хил бахоналар килиб банк хисобида пул йук демокда ва якин кунларда хам булмайди деб рад жавобини беришмокда. Ушбу муаммони хал килишда ёрдам беришингизни илтимос киламан.
(Рахмонкулов Иномжон - талаба (97 156 99 79)

Тел: 891-597-91-78, 897-318-08-60 ижобий жавоб кутиб қоламиз!

Ассалому алайкум Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки раиси!
Мен Қорақалпоғистон Республикаси Қўнғирот шахри Мирзо Улуғбек кўчаси 4 йўлак 4 хонадонда яшовчи Жаббарбергенов Шарофатдин Жаббарбергенович.
Ушбу хатим орқали сиздан шуни илтимос қиламан, мен Тошкент кимё-технология институти Қўнғирот Сода заводи қошидаги Махсус сиртқи бўлим Устюрт газ-кимё мажмуаси учун кундузги бўлимида 4-курс 5320300 -Техналогия машина ва жихозлари бакалавриат йўналиши 4-14 гуруҳ талабасиман, мен 2 ва 3 курс ўқув йилларида контракт пулини Ўзсаноатқурулиш банкининг Қўнғирот филиалидан 9 фоизли имтиёзли таълим кредит асосида ўқиб тугатдим ва бугинги кунда ушбу банкдан олган таълим кредитимни муддатидан олдин қайтариб тўлаб бердим, энди шу 4-курс ўқиш йили контрактини тўлашимга Ўзбекистон Республикаси банкларининг Қўнғирот филиалларига мурожат қилсам "бу йил имтиёзли таълим кредитлари берилмайди, юқоридан рухсат йўқ" дейишди. Ҳозирги пайтда 4-курс 2017-2018 ўқув йили учун 5893000 сумни ўз ҳисобимдан нақд тўлашга оилавий имкониятимз етмаслиги учун, ушбу контракт пулини ўз вақтида тўлаб ўқишимни давом эттиришимда банкдан 3 йил муддатга 9 фоизли имтиёзли таълим кредити ажратиб беришингизни илтимос қилиб сўранаман.
тел: +998937750228; 03613121439: ижобий жавоб кутиб қоламиз!

Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки Раисига!
Ушбу орқали сизга шуни ёзиб маълум қиламизки, "LATIF KARDIO MED SERVIS" хусусий клиникаси Бухоро шахри Газли шох кўчаси 8-уйда жойлашган бўлиб, 2015йил декабр ойидан бошлаб ахолига юқори технологияли, сифатли тиббий хизмат кўрсатиш мақсадида фаолиятини амалга ошириб келмоқда.
Корхонамиз Бухоро вилоят “Узсаноатқурилишбанк” Минтақавий филиали орқали Хитой давлатида ишлаб чиқарилган тиббиёт асбоб-ускуналарни харид қилиш мақсадида 23.06.2016 йилда №61 сонли жами қиймати 280 200 АҚШ доллари миқдорида кредит шартномаси тузилган эди. Ушбу тиббиёт асбоб-ускуналари корхонамизнинг моддий-техник базасини кенгайтириш, янги иш ўринларини очиш, замонавий юқори технологияли усуллардан фойдаланган ҳолда, кенг ахоли қатламлари, жумладан, ижтимоий ҳимояга мухтож фуқароларга юқори малакали тиббий ёрдам кўрсатиш мақсадида харид қилинди ва ҳозирги кунда ушбу мақсад сари фаолият юритиб келмоқда.
Ушбу давлат кредити корхонамиз учун ўша даврда давлат курси бўйича 3176.16 миқдорда яни 889 960 032 сўмни ташкил қилар эди. Корхонамиз томонидан ушбу кредит тўлови ва унга ҳисобланган фоизларни қоплаш мақсадида 2017 йил давомида жами 732 923 704 сўмни Тошкент ш. “Узсаноатқурилишбанк” бош офисига миллий валютани АҚШ долларига конвертация қилиш мақсадида ўтказиб бердик ва 164 640.21 АҚШ доллари миқдорида кредит тўловини қоплашга эришдик. Ҳозирги кунда корхонамиз ҳисобида 115 559.79 АҚШ доллари миқдорда кретид тўлови қолаётган бўлиб яни ҳозирги давлат курси бўйича 935 124 843 сўмни ташкил этади. Бу эса корхонамизнинг келажакда ривожланиши , фойдаси ҳисобидан қўшимча имкониятлар яратиш каби мақсадимизни ортга сурмоқда.
Ушбу ҳолатларни инобатга олган ҳолда биз ва бизга ўхшаган чет эл валютаси ҳисобида корхонани ривожлантириш, қўшимча иш ўринларини яратиш ниятидаги корхоналар учун амалий ёрдам беришингизни сўраймиз.
Қолаверса Ўзбекистон Республикаси Президентининг 01.04.2017 йилдаги №2863-ПҚ сонли “Соғлиқни сақлаш соҳасида хусусий секторни янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги қарорига мувофиқ ахолининг сифатли ва шошилинч тез-тиббий ёрдамга бўлган эҳтиёжини ўз вақтида қондириш, ташхис қўйиш ва даволаш бўйича замонавий юқори технологияли ва энг сўнги русимдаги тиббиёт асбоб-ускуналари билан жихозлаш, ахолининг кенг қатлами хусусан ижтимоий ҳимояга мухтож фуқароларига беминнат хизмат кўрсатиш бизнинг энг олий мақсадимиздир.
Тел: 891-406-19-20 891-407-07-67 ижобий жавоб кутиб қоламиз!

Ассалому алайкум менинг укам ННТижорат ташкилотида ишлайди. Эхтиежманд оилаларга бериладиган намунавий уйга мфй томонидан езма тавсиянома берган. 2018 йил учун уй. Миллий банкдан ННТда ишловчиларга кредит ажратилмайди дейишди. Махалла 800.0 минг сум нафака оладиган ота онаси ва бюджет ташктлотида ишловчи опаси нотариус оркали кафолат берса банкдан кредит ажратиладими. 94 285 83 10

Узбекистон Республикаси Марказий Банкининг Раисига! Мен Бухоро вилояти Коровулбозор тумани Ибн Сино 10 уйда истикомат киламан. Менинг углим Шамсиев Нозим Россия авиацион олийгохининг 2 боскич талабаси. Углимнинг контракт пулини тулашим учун Бухоро Марказий банкга мурожаат килдим. Менга Пром.строй банк,Асака банк ва Миллий банкнинг валюта пластик карточкасини очиб беришди. Орадан бир утди, хали хам бу валюта пластикларига пул кучиргани йук,Якинда Узбекистон Республикаси Марказий банк виртуал кабулхонасининг электрон почтасига хабар жунатган эдим, 31 август куни уйимга хат келди, шу хат оркали Бухоро Асака банкига мурожаат килдим, улар менга 810 дан долларни сотиб оласиз, биз Тошкент марказий банкига Россия рублини буюртма берамиз, сунг хизмат хакимиз 10%ни ташкил килади, яъни 80 АКШ доллари тулайсиз деб айтди, ахир мен контракт пулини тулаяпманку, бундан ташкари ётокхонасига ва еб ичишига пул юборишим керак, нахотки давлат курсига тулаб билмасам, мен тадбиркор эмасманки, банкдан 810дан доллар сотиб олсам. Ахир буни иложи бордир, илтимос менга ёрдам беринг! 10 куни ичига контарктини туламасам углимни укишдан хайдалади.

Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигида “Ягона хамда ишонч телефонлари” билан ишлашни тартибга солувчи шакллантириш тартиби тўғрисидаги қўлланма” Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 2016 йил 30 май № 237 рақамли қарори билан таъкидланди.

Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги таркибидаги бўлинмаларнинг ишонч телефонлари инсон саломатлигини муҳофаза қилиш бўйича инсон ҳуқуқларини ҳимоялаш, инсон саломатлигини сифатли ҳимоя қилиш даражасини мунтазам назорат қилиш, тиббий ёрдам кўрсатиш сифатини янада ошириш, соғлиқни сақлаш тизими ходимларининг ножўя ҳаракатланишига йўл қўймаслик мақсадида ишонч телефонлари жорий этилди.

Ягона хамда ишонч телефонлари Тошкент шаҳридаги республика, вилоят, туманлар даражасида фаолият кўрсатаётган бошқарма идораларида шакллантирилмоқда.

Ягона хамда ишонч телефонлари мижозлар билан турли хил зиддиятларни ўз вақтида бартараф қилиш учун соғлиқни сақлаш муассасаларида фаолият кўрсатаётган ходимларнинг ноқонуний ҳаракатлари тўғрисидаги маълумотлар бўйича қабул, рўйхатдан ўтказиш ҳисобланади.

Тўғридан-тўғри шаҳар абонентлик ишонч телефонлари рақамларни автомат тарзда хотирасида сақлайди ва ахборотни рўйхатдан ўтказувчи дастурий-техник воситалар ўрнатилган. Хабарларни қабул қилиш навбатчи ходимлар томонидан туну-кун амалга оширилади.

Агар фуқаролар томонидан соғлиқни сақлаш ходимлари иштирокида амалга оширилган хабарлар, аҳоли учун соғлиқни сақлаш муҳофазаси бўйича қонун тартибини таъминлаш, шунингдек беморларга, ходимларга нисбатан амалга оширилган ҳуқуқбузарликлар тўғрисида бошқарма идоралари бошлиқларига баён қилинади.

Хабарларни кўриб чиқиш муддати бошқарма идоралари раҳбарлари томонидан аниқлаштирилади. Хабарлар уларнинг ҳар бирига шахсан масалани ечиш тартиби, жавобгар шахс кўрсатилган ҳолда етказилади.

Агар қабул қилинган ариза ёки шикоятларни ҳал қилиш учун зарурий махсус тадбирлар амалга оширилиши керак бўлса, ёки қўшимча материаллар, тадбирлар талаб қилинган ҳолда, хабар бўйича жавоб бир оз чўзилиши мумкин. Бу жараён бир ойдан кам бўлмаган ҳолда, хабар бўйича топшириқ берилган раҳбар томонидан кўриб чиқилиши лозим.

“Ягона хамда ишонч телефони” фаолиятини ташкиллаштириш бўйича жавобгар шахслар мунтазам равишда телефонга қолдирилган хабарларни эшитади ва хабарни рўйхатдан ўтказиш тартибининг тўғрилигини назорат қилади. Телефонга қолдирилган қайдлар муддати 30 кундан ошмаслиги керак.

“Ягона хамда ишонч телефони” абонентлик телефонини ўзгариши ҳолатларида 3 кун ичида бу ҳақда хабар берилади.

“Ягона хамда ишонч телефон”лари бўйича хабарларни қабул қилишни амалга оширувчи навбатчи ходимларга, Ўзбекистон Республикаси ҳудудларида жойлашган давлат идоралар. Даволаш-профилактик муассасалари манзиллари, телефонлари тақдим этилиши зарур ҳисобланади. Шунингдек “Ягона хамда ишонч телефони” бўйича мурожаат қилган шахсни холисона хабардор қилиш учун зарурий адабиётлар ва маълумотлар бўлиши керак.

  1. “Ягона хамда ишонч телефони” бўйича рўйхатга олиш хабарлар ва бевосита қабуллар “Ягона хамда ишонч телефони”дан тушган мурожаатларнинг махсус қайд журнали билан амалга оширилади.
  2. Хабарни қабул қилувчи навбатчи ўзининг исм-фамилясини ва мансаби билан тўлиқ таништириши керак бўлади.
  3. Телефон орқали берилган консультациядан кейин фуқароларнинг исм-фамилиялари махсус қайд журналига ўрнатилган тартибда белгилаб қўйилади. Агар фуқаролар аризаси ёзма жавобни талаб қилса, бу ҳолатда мурожаатчининг почта манзили ва телефонларини тўлиқ ёзиб қолиш лозим.
  4. Агар фуқаролар соғлиқни сақлаш ходимлари иштирокида амалга оширилган ҳаракатлар тўғрисида хабар берсалар ва ушбу хабарлар соғлиқни сақлаш муҳофазасидаги қонунчиликнинг бузилиши ва йўл қўйилган хатоликлар тўғрисида бўлса, бундай ҳолда хабар Ўзбекистон Республикаси қонунчилик ҳужжатлари талабларига мувофиқ тарзда қабул қилинади ва рўйхатдан ўтказилади. Бундай ҳолатда ахборот “Ягона хамда ишонч телефони” бўйича тушган хабарлар ҳақидаги баённомалар расмийлаштирилади.
  5. Агар мурожаатчи соғлиқни сақлаш фаолиятига таалуқли бўлмаган хабарлар бўйича мурожаат қилса, бу ҳолатда навбатчи томонидан мувофиқ муассаса телефони ва жавобгар шахсининг алоқа телефонлари ҳақида хабар берилади.
  6. Соғлиқни сақлаш ходимларининг ҳуқуқларини бузиш белгилари мавжуд бўлган аноним маълумотлар мурожаатлар қайд журналига киритилади ва Назорат инспекцияси ёки зарурият туғилганда ҳуқуқни ҳимоя қилиш идораларига тақдим этилади.

Қуйида Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш Вазирлиги ва унинг ҳудудий бўлимларига фаолияти бўйича ягона телефони ҳамда ишонч телефонлари кўрсатилган. Сиз ушбу ягона телефон хамда ишонч телефонларига қўнғироқ қилиб, ўзингизни қизиқтирган саволларингизга жавоб олишингиз мумкин.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан "1003" оягона қисқа рақамли Call-марказ ишга туширилди. Коронавирус инфекцияси билан боғлиқ масалаларда саволларингиз бўлса, ўзингиз ва яқинларингиз саломатлигидан ҳавотир олаётган бўлсангиз, шу рақамга қўнғироқ қилиб, мутахассислардан тиббий асосланган жавоблар ва тавсияларни олишингиз мумкин. Call-марказ туну кун хизматингизда бўлади.

Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш Вазирлиги

иш тартиби - душанба кунидан жума кунигача (жума куни хам) (байрам кунларидан ташкари) соат 9.00 дан 13.00 гача ва 14.00 дан 18.00 гача соғлиқни сақлаш органларининг масъул ходимлари томонидан қабул қилинади.

Адлия вазирлигининг ягона “ишонч телефони”

Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирининг 2018 йил 11 майдаги 144-ум-сонли буйруғига асосан жисмоний ва юридик шахслардан “ишонч телефони”га тушаётган мурожаатларни марказлашган ҳолда қабул қилиш мақсадида вазирликда “Call center” ташкил қилинди.

2019 йил I чорагида “Ишонч телефон”га жами 8000га яқин жисмоний шахслар ва юридик шахсларнинг вакиллари қўнғироқлари белгиланган тартибда қабул қилиниб, шундан 7000дан ортиқ мурожаатларга малакали мутахассислар томонидан тегишли ҳуқуқий маслаҳатлар берилди, 500дан ортиқ мурожаатлар жойида ҳал қилинди, 457 та мурожаатлар ўрганиш талаб қилганлиги сабабли рўйхатдан ўтказилди.

Рўйхатдан ўтказилган 457 та мурожаатнинг 183 таси қаноатлантирилди ва 234 тасига ҳуқуқий тушунтириш берилган бўлса, 32 таси ваколат доирасида кўриб чиқилиши учун тегишли ташкилотларга юборилган, 8 таси ўрганиш жараёнидаги мурожаатларни ташкил этади.

2019 йилнинг 9 ойида Адлия вазирлигининг ягона “ишонч телефони”

Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2018 йил 11 майдаги 144-ум-сон буйруғи билан ташкил этилган “Call center” фаолиятини янада такомиллаштириш, келиб тушаётган мурожаатларни марказлаштирилган ҳолда тўлиқ ва ўз вақтида қабул қилинишини таъминлаш мақсадида, 2019 йил 4 сентябрдаги 268-ум-сон “Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг “Call center” фаолиятини янада такомиллаштириш тўғрисида”ги буйруғи қабул қилинди.

Ушбу буйруқ билан “Call center”га келиб тушаётган мурожаатларни ўз вақтида қабул қилиш ва фуқароларнинг узоқ навбат кутиб қолишини олдини олиш учун операторлар сони 10 тага оширилди.

Адлия вазирлигининг “Ишонч телефони”га 2019 йилнинг 9 ойида жами 70 000 яқин жисмоний шахслар ва юридик шахсларнинг вакиллари қўнғироқлари белгиланган тартибда қабул қилиниб, шундан 67 000дан дан ортиқ мурожаатларга малакали мутахассислар томонидан тегишли ҳуқуқий маслаҳатлар берилди, 1698 дан ортиқ мурожаатлар жойида ҳал қилинди, 3 952 та мурожаатлар ўрганиш талаб қилганлиги сабабли рўйхатдан ўтказилди.

Рўйхатдан ўтказилган 3 952 та мурожаатнинг 524 таси қаноатлантирилди ва 1154 тасига ҳуқуқий тушунтириш берилган бўлса, 20 таси рад этилди, 2076 таси ваколат доирасида кўриб чиқилиши учун тегишли ташкилотларга юборилган, 178 таси ўрганиш жараёнидаги мурожаатларни ташкил этади.

Ижобий ҳал этилган мурожаатлар бўйича давлат органлари ва идораларга 39 та тақдимнома, 30 та бошқа турдаги таъсир чоралар ҳамда судларга 21 млн. 77 минг сўмлик 17 та даъво аризалари киритилди.

Қўлланилган таъсир чоралари натижасида 37 739 849 сўм пул маблағлари ундирилди. Шунингдек, қонунбузилиш ҳолатларига йўл қўйган шахсларнинг 16 нафари интизомий, 4 нафари маъмурий жавобгарликка тортилди, 3 та ҳужжат бекор қилинди.

Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг “Call center”га 2019 йил давомида келиб тушган мурожаатлар ва уларнинг ҳал этилиши бўйича

М А Ъ Л У М О Т

“Call center”га 2019 йил давомида жами 87 000 яқин жисмоний ва юридик шахслар томонидан қўнғироқ қилинган, шундан 81 000дан ортиқ мурожаатларга малакали мутахассислар томонидан тегишли ҳуқуқий маслаҳатлар берилди, 5 975 та мурожаатлар ўрганиш талаб қилганлиги сабабли ижрога қаратилди.

Ушбу келиб тушган мурожаатларнинг 849 таси қаноатлантирилди, 1 763 таси юзасидан ҳуқуқий тушунтириш берилди, 39 таси рад этилди ва 3 324 таси кўриб чиқиши учун тааллуқлилиги бўйича бошқа ташкилотларга юборилди.

Вазирликнинг “Call center”га ҳисобот даврида келиб тушган мурожаатларда кўтарилган масалалар кесимида таҳлил қилинганда 922 таси уй-жой бузилиши ва компенсация тўлови, 774 таси ижтимоий ҳимояга доир, 517 таси нотариатга оид, 487 таси меҳнат низолари, 408 таси давлат хизматларини кўрсатиш соҳасида, 179 та суд қарорлари юзасидан ва 1387 таси бошқа масалаларга тааллуқли мурожаатларни ташкил қилади.

Давлат органлари ва идораларга 65 та тақдимнома, 24 та бошқа турдаги таъсир чоралар ҳамда судларга 64 млн. 505 минг сўмлик 34 та даъво аризалари киритилди.

Қўлланилган таъсир чоралари натижасида 115 млн. 96 минг сўм пул маблағлари ундирилди. Шунингдек, қонунбузилиш ҳолатларига йўл қўйган шахсларнинг 29 нафари интизомий, 10 нафари маъмурий жавобгарликка тортилди, 3 та ҳужжат бекор қилинди.

Читайте также:

Пожалуйста, не занимайтесь самолечением!
При симпотмах заболевания - обратитесь к врачу.